Futbolni tushunmaydiganlar: Ronaldu faqat toʻpni yaxshi tepadi, deb hisoblaydi.

Bu koʻnikma muhim — lekin futbolchiga yetarli emas. Ronaldu toʻpni yaxshi tepishdan tashqari:

— tez yugura oladi;

— intizomli;

— baland sakray oladi;

— kerakli paytda, kerakli joyda boʻlib qoladi;

— toʻgʻri uxlaydi;

— oʻyin vaqtida energiyasini boshqara oladi;

— kuzatuvchan;

— raqibga qachon yaqin kelish va uzoqlashishni his qiladi;

— toʻgʻri ovqatlanadi;

— hamkasblari bilan yaxshi chiqishadi;

— haqqini talab qila oladi;

— kerakli vaqtda yiqilishni biladi;

— raqiblari asabiga tega oladi;

— kerakli vaqtda qoida buzadi;

— murabbiysi bilan chiqisha oladi;

— kerak vaqtda himoyaga qayta oladi;

— raqiblariga bosim oʻtkaza oladi;

— hujumi oʻxshamay qolsa darrov pozitsiyasini oʻzgartiradi;

— raqiblarini kuzata oladi;

— hakamga taʼsir oʻtkaza oladi;

— raqib uni asabiga tekkanida tezda oʻziga kela oladi;

— tez qaror qabul qila oladi.

Bir futbolchidan shuncha koʻnikma talab qilinar ekan:

Endi mahoratli oʻqituvchiga faqat oʻz fanini bilishi yetarli deb oʻylaysizmi?..