Talabalarga ilm olishda oʻrnak boʻlishi kerak boʻlgan ustozlar — oʻzi oʻqigisi kelmasligini koʻrib yoqa ushlaysiz.

Quyida bu muammoning asosiy 4 ta sababini koʻrib chiqamiz:

1. Kibr. Oʻqituvchi odatda sinfning eʼtibor markazida — tinglovchi emas, gapiruvchi rolida boʻladi. Malaka oshirishda oʻziga oʻxshagan oʻqituvchi gapirsa — qabul qilishni istamaydi.

2. Vaqt tanqisligi. Ustozlar yuklamasining haddan oshiqchaligi — ularni kasbiy toliqishiga sababchi boʻladi. Tabiiyki, bunday yuk bilan oʻqishga vaqt ham, xohish ham boʻlmaydi.

3. "Hoʻp, oʻqidim. Keyin nima?". Koʻp hollarda, oʻqituvchilarning oʻz ustida ishlashi ularga bevosita manfaat olib kelmaydi. Oʻz ustida ishladi, kitoblar oʻqidi ham deylik, keyinchi? Oyligi oshadimi?, Kimdir rahmat aytadimi?

4. Moliyaviy sabablar. 700 mingdan ortiq oʻqituvchining oyligini oshirish — davlat uchun qiyin. Natijada, ustozlar «oylikdan-oylikkacha» hayot tarzida yashashga majbur boʻlib, qoʻshimcha kurslar olishga mablagʻ topolmaydi.

Yuqoridagilar sabab edi. Kuchli inson yoʻlini topadi!

Siz yana qanday sabablarni bilasiz? Yozib qoldiring.