Maktabda yangi dars bergan vaqtlarim, ayniqsa, 5 - 6 sinf oʻquvchilaridan kitob daftar tekshirish qiyin kechardi.

Har biriga "Kitobing qani? Daftaringni och! Qaysi betga kelgan edik? Seni daftaring qani? Seni kitobingchi? Sumkangdan ertaroq olib qoʻysang boʻlmaydimi?" - deb charchab ketardim.

Hozir samarali usul – oʻyindan foydalanaman

Darsga kirishim bilan, "Qani bolalar bugun kim menga birinchi boʻlib daftari va kitobining oxirgi beti ochilgan holida koʻrsatadi? 3 - 2 - 1" - deyishim bilan hammasi "pitillab" qoladi.

Hamma qoʻliga olishi bilan tezda hammasini koʻzdan kechirib chiqaman.

Kuchli 5 talikni ismini doskaga yozib qoʻyish ham mumkin.

Ham asabim tejaladi, ham bolalar oʻzlari harakat qiladi..

Yana qanday uslublardan foydalansam boʻladi? Izohda yozib qoldiring