Professor talabadan soʻradi: "Siz barometr yordamida binoning balandligini qanday oʻlchaysiz?"
Kutilgan javob: Bosim oʻlchovidan foydalanib, binoning yuqori va pastki oʻlchamini solishtirish.
Biroq, talabaning javoblari oʻzgacha edi:
1. Barometrga ipni bogʻlab, binoning yuqori qismidan erga tashlang. Keyin ipning uzunligini oʻlchang.
2. Barometrni binoning tepasidan tashlang va uning tushish vaqtini hisoblang.
Vaqt formulasi orqali = bino oʻlchamini topish mumkin.
3. Barometrdan oʻlchash tayoqchasi sifatida foydalaning. Ustma-ust qoʻyib, binoga nechta barometr toʻgʻri kelishini oʻlchang.
4. Quyosh boʻlsa, barometr soyasini oʻlchang, soʻng binoning soyasini taqqoslang.
5. Eng oson yechim — bino qorovuliga barometrni sovgʻa qilib, undan binoning oʻlchamini soʻrab oling!
Bu talaba fizika boʻyicha daniyalik Nobel mukofoti sovrindori — Nils Bor edi..