1939-yilda Ayova universitetida Vendell Jenson 22 ta yetim bola ishtirokida hayratlanarli tajriba oʻtkazadi.

Bolalar ikki guruhga boʻlinib, gapirtiriladi:

1-guruh bolalari aniq va ravon nutq qilganliklari aytilib, maqtaladi.

2-guruh bolalarining kichik kamchiliklari ham shafqatsizlarcha masxara qilinib, oxir-oqibat ularning barchasiga "sen duduqsan", deb tamgʻa qoʻyiladi.

Natijada, hech qachon nutqida muammo boʻlmagan aʼlochi guruh oʻquvchilarida duduqlanishning belgilari paydo boʻladi.

Eng yomoni, ularda duduqlanish umrbod saqlanib qoladi. Shu sababli, ushbu eksperiment — "Monster Study" (Dahshatli Tajriba), deb nomlangan.

2001-yilda Davlat universiteti Ayova shtati eksperiment davomida jabrlanib, duduqlikdan aziyat chekayotganlardan rasman uzr soʻraydi.

Xulosa oʻzingizdan..