Rossiya imperiyasi — uzor vaqt temir yoʻl qurilishiga qarshilik qiladi:
Insonlar bir joyga yigʻilib, qoʻzgʻolon koʻtarishidan qoʻrqardi.
Usmoniylar — kitob bosish uskunasi olib kirilishiga ruxsat bermaydi:
Yangi gʻoyalar kirib kelishidan xavfsiradi.
Xitoy — yopilib, kemalar qatnovini cheklaydi:
Mulkdorlar koʻpayishi imperator boshqaruviga tahdid edi.
Ispaniya — parlamentni siquvga oladi:
Dehqonlar oʻz haq-huquqlarini talab qilishidan hayiqardi.
Oʻzbekiston — mashina ishlab chiqarishda monopoliya oʻrnatgan:
Chet davlatlar mashinasi bilan raqobatlashishdan qoʻrqadi.
Yuqorida taraqqiyotdan ortda qolishning ayrim sabablarini koʻrib chiqdik.
Xulosa
Bizni yangilik qilib, rivojlanishdan toʻsuvchi omillar:
— oʻziga ishonmaslik;
— yangilikka qarshilik;
— oʻzgarishni istamaslik;
— raqobatdan qoʻrqish;
— mansabga muhabbat.