Oʻta intizomli, sportchi tanishimdan soʻradim:
— Nega haligacha murabbiy bilan shugʻullanasiz?
— Oʻzimga ishonmayman. Nafsimga yutqazishim mumkin, — dedi.
Oʻylab qarasam, buyuk insonlarning koʻpchiligi aynan shunday — oʻziga ishonmas ekan:
1. Toriq ibn Ziyod qoʻshini bilan daryoni kechib oʻtadi. Qoʻrqib qaytib ketmaslik uchun kemalarni yoqib yuborgan.
2. Xorazmshohlar sharqqa yurish qilib, daryodan oʻtgach koʻprikni buzib tashlashgan. Sabab — ortga yoʻl qolmasligi.
3. Abu Bakr (r.a): «Jannatga ikkala oyogʻim bilan kirmaguncha, oʻzimdan xotirjam boʻlmayman», degan edilar.
4. Umar (r.a): "Men munofiq emasmanmi?" deb qoʻrqishlari ham shunga yaqqol misol.
Qizigʻi, biz esa aksincha:
Qiyin vaziyatlarda oʻzimizga ishonmaymiz, tavakkal qila olmaymiz.
Ammo nafsimizga kelganda oʻzimizga haddan ziyod ishonamiz:
— Dushanbadan javob boshlayman;
— Yangi yildan bomdodga turaman!
— 40 yoshdan keyin ibodatga kirishaman!
Balki
Birinchi holat — iymonga,
Ikkinchisi esa — shaytonga bogʻliqdir-a?
Xullas:
Motivatsiya emas, demotivatsiya beraman:
Oʻzingga ishonma!