Tahminan 2,6 mln yil oldin sayyoramizda muzlik davri boʻlib oʻtgan.

Koʻpchilik bu davrni shunchaki bir-ikki yil tinmay qor yoqqan, shu bilan yerni muz qoplagan deb oʻylaydi.

Aslida jarayon uzoqroq davom etgan:

Avvalida sezilar-sezilmas oʻzgarish — quyosh issiqligi bir oz kamayadi.

Quyosh faolligi tushganda, Yerga yetadigan issiqlik ham ozayib ketadi — juda kam, atigi 0.1%.

Bu esa yozning salqin boʻlishi va qishdan qolgan qorning toʻliq erib ketmasligiga sabab boʻladi.

Qorlar erimay yigʻilaveradi.

Bu jarayon oz-ozdan toʻplanib, oʻn minglab yillar ichida sayyoraning katta qismini muz bilan qoplaydigan davr — muzlik davrini boshlaydi.

Ozma-oz yigʻilib boradigan qorlar + uzoq vaqt = katta muzlik davriga olib keladi.

Ilm va tajriba olish ham xuddi shunga oʻxshaydi.

Koʻpchilik shunday oʻylaydi: “Bitta kitob oʻqisam, bitta kursga borsam, bitta video koʻrsam oʻzgaraman!”

Kitob oʻqiydi, kursga boradi, video koʻradi – “Oʻzgarmadim-ku”, deb oʻylaydi.

Kayfiyati tushadi. Foyda koʻrmadim, deb hisoblaydi..

Aslida:

Oʻzgarish — uzoq muddatli, izchil va oz-ozdan toʻplanadigan bilim va tajribaning samarasidir.

Huddi daraxt kabi. Avval ildiz otadi. Yerni yorib chiqadi. Uzoq yillar qad rostlaydi. Soʻngra meva berishni boshlaydi..

Eng qizigʻi, insonlardagi tushuncha, talab qanday boʻlsa, bozorda marketologlar tomonidan taklif ham shunday boʻladi:

— 3 oyda 0 dan IELTS 7 olib beramiz;

— Farzandingiz bizda oʻqib, 7 ta tilni oʻrganadi;

— Hayoting 180 darajaga oʻzgarib ketadi;

— Qanot chiqarib uchasan

— Osmondagi oyni olib beramiz..

Xullas, nima demoqchiman?

Tushunchalarni toʻgʻirlaylik, hurmatli ustozlar.

Oʻzgarish — sabr va davomiylikdan hosil boʻladi:

Shoshilmang. Lekin toʻxtamang!