Oʻqituvchi — maktabni bir umr bitirmaydigan bitiruvchi.

Oʻqituvchi — bolalar deb uyqusi buziladigan shaxs.

Oʻqituvchi — baʼzida bolaning kelajagi uchun ota-onadan ham koʻproq qaygʻurib, aynan oʻsha ota-onadan gap eshitadigan shaxs.

Oʻqituvchi — abadiy doska oldida turgʻizib qoʻyilgan oʻquvchi.

Oʻqituvchi — mavzuni tushuntira tushuntira oxiri oʻzi mavzuni tushunib oluvchi shaxs)

Oʻqituvchi — bu kasbni tark etsa ham, butun umr qalbida boʻshliq his qiladigan shaxs.

Oʻqituvchi — ichida siqilib, ustida kulib dars oʻtadigan shaxs.

Oʻqituvchi — yillab sabr qilganiga rahmat eshitmay, sabr kosasi toʻlib qilgan kichik xatosiga dashnom eshitadigan shaxs.

Oʻqituvchi — mana-man degan prezidentlarga oʻz vaqtida xonani artdirgan shaxs.

Oʻqituvchi — oʻz farzandi qolib birovning farzandiga tarbiya beradigan shaxs.

Oʻqituvchi — taʼtilni kutib, taʼtilda ham eplab dam ololmaydigan shaxs.

Oʻqituvchi — kelajakda buyuk inson boʻladigan iqtidorlarni oʻldirishi mumkin boʻlgan shaxs.

Oʻqituvchi — "oʻzi oʻqituvchi boʻlish niyatim yoʻq edi, hayot shunga majbur qildi" deydigan shaxs😅

Oʻqituvchi bu — oʻquvchisi IELTSdan oʻzidan yuqori ball olishini xohlaydigan yagona shaxs.

Oʻqituvchi — yuzlab bolalarning ismini eslab qolib, oʻzi esa baʼzan eʼtibordan chetda qoladigan inson.

Oʻqituvchi — har yili "bu oxirgi yilim, ketaman" deb ahd qilib, sentyabrda yana maktab hovlisiga birinchilardan boʻlib kirib keladigan "soʻzida turmaydigan" qahramon.

Davomi sizdan, izohlaringiz postga koʻchiriladi 👇