1. Quyoshga oʻxshab porlashing — uchun avval botishing kerak.

2. Alloh sendan nimani olgan boʻlsa, albatta, undan yaxshisini qaytib beradi. Faqat sen bunga ishon!

3. Seni oʻldirmagan barcha narsa seni — kuchli qiladi.

4. Xato qilishing seni qismatingga yozilgan edi. Xohlasang ham qochib qutulolmasding.

5. Qiyinchiliklar seni Allohni eslashingga, Unga yaqin boʻlishingga sababchi boʻlayotgan boʻlsa, qiyinchilik emas — Allohning tuhfasi ekan!

6. Allohning hikmati ila yopilgan har bir eshik ortida — Uning rahmati ila ochiladigan ikki eshik bor.

7. Oxiri abadiy jannat boʻlgan mashaqqatning nimasi mashaqqat?

8. Seni taqdiring yer yaralishidan 50 ming yil avval kitobda bitib qoʻyilgan. Kelajakni oʻylab xavotir olma!

9. Alloh ijobat qilishni istamaganida — seni duo qilishga ilhomlantirmagan boʻlardi.

10. Qachonki duo qilsang, Alloh — yo soʻraganingni beradi, — yo undan ortigʻini beradi, — yoki uni ortidan kelayotgan baloni oldini oladi.

Shunda ham bermasa oxiratda senga yanada koʻpaytirib beradi.

12. Senga yetgan musibatga har doim ham — sen aybdor emassan.

Baʼzi paytlar Alloh darajangni koʻtarish uchun ham musibatga yoʻliqtiradi.

Senga foydali boʻlgan boʻlsa, ulashib qoʻyishni unutma!

Mohir Mirzaxmedov