1989-yil Martin Veber "Curse Of Knowledge" — "Ilm laʼnati", degan tadqiqotni fanga kiritadi.

Ilm laʼnati — oʻzingiz qachonlardir bilimsiz boʻlganingizni unutib qoʻyish va hammani oʻzingiz kabi bilimli deb hisoblash.

Boshqacha aytadigan boʻlsak — misol siz 5-10 yil qiynalib matematika oʻrgandingiz. Hozir ushbu fanda yetarlicha bilimga egasiz, sizga oson fanga aylangan va formulalarni avtomatik yecha olasiz.

Ammo matematikani endi oʻrganayotgan oʻquvchilar siz uchun oddiy mavzularda qiynalayotganday koʻrinib — "shuni ham tushunmaydimi, oson mavzu-ku", deb hayratlanish.

Vaholanki, qachonlardir siz undan-da battar edingiz..

Ilm laʼnatiga uchragan ustozlar qanday xatolarga yoʻl qoʻyadi?

1. Qiyin soʻzlar ishlatish. Bu turdagi oʻqituvchilar — hamma tushunadi deb oʻylab, qiyin ilmiy soʻzlarni ishlatishga moyil boʻlishadi. Natijada, dars tushunarsiz oʻtadi.

2. Hamma mavzuni tushundi deb oʻylash. Ustozlar uchun mavzu tushunarli va oson boʻlgani uchun talabalar ham osonlikcha tushundi deb hisoblashadi.

3. Oʻquvchilar motivatsiyasi tushishi. Mavzuni tushunmay qolgan talaba darsga nisbatan koʻngli soviydi — qiziqishi yoqoladi.

4. Metodikalar yetishmasligi. Ilm laʼnatiga uchragan ustozlar darslarida turli yangiliklar, metodikalar qoʻllashga intilishmaydi. Chunki ular shundoq ham mavzuni hamma osonlikcha oʻrganyapti deb hisoblashadi.

P.S: Ilk dars bergan vaqtlarim — Hojiboy Tojiboyevni hazillarini aytsam bolalar hecham kulmasdi. Hayron boʻlardim. Keyin bilsam, oʻquvchilar u kishi hazillari tugul, oʻzini ham umuman tanishmas ekan. 😅

Qissadan hissa — men bilgan narsani hamma biladi deb, ilm laʼnatiga uchramang!

Ilm laʼnatidan qanday qutulish boʻyicha post yozishimni istasangiz " + " belgisini qoldiring!