Bizda odatda magistrga kirish quyidagicha boʻladi:

Bakalavr bitiriladi. Talaba nima qilishini bilmaydi. Kel, magistrni ham oʻqib qoʻyay, deb magistrga kirib ketadi.

«Magistr = masʼuliyatdan qochish» boʻlib qoladi, baʼzan.

Aslida qanday boʻlishi kerak?

Shaxsiy tavsiyam, bakalavrdan keyin — chirib ishlash kerak.

Ish davomida siz oʻz sevgan sohangizni topasiz. Bu sohada rivojlanishni boshlaysiz. Kitoblar oʻqiysiz.

Oʻzi bitta muddat keladi — koʻtarilasiz. Katta muammolarga duch kelishni boshlaysiz.

Siz duch kelayotgan muammoni tizimli, ilmga asoslangan holda yechish kerakligini tushunib yetasiz. Ustoz qidirasiz.

Ana shu vaqtda sizga magistr kerak boʻladi.

Xuddi och qolgan odamga ovqat shirin tuyulganidek — sizga ham eng foydali oʻqish ana oʻsha vaqtda boʻladi.

Xullas,

Masʼuliyatdan qochish uchun emas, olish uchun oʻqing.