3 yoshimda bogʻchada onamni sogʻinib yigʻlagandim — hozir shu voqeani eslasam kulgim keladi.

5 yoshimda kuchugim oʻlib qoldi. Rosa siqildim — endi ortga qarasam kulgim qistaydi.

Maktabda sinfdoshimdan zoʻravonlikka uchrab stressga tushardim — hozir shu doʻstimni koʻrsam kulgim qistaydi.

9-sinfimda doʻstlarim ajratib qoʻygani uchun depressiyaga tushgandim — hozir eslasam kulgim keladi.

Oʻqishdan yiqilib, dunyo koʻzimga tor koʻringandi — ortga qarab, siqilishga arzimasligini koʻrib, kulgim qistaydi.

24 yoshimda ish topolmay qiyin ahvolda edim — hozir eslasam, shu kichik muammoga qiynalganimni eslab kulgim qistaydi.

Nima demoqchiman?

Yoshing oʻtgan sari muammolaring aslida — oʻta kichik va kulgili ekanligini anglab yetasan.

Demak hozirgi muammolaring ham vaqt oʻtishi bilan senga kulgili tuyuladi, inshaAlloh.