Qadimda insoniyat katta quvvat sarflab mehnat qilardi.
Keyin hayvonlar qoʻlga oʻrgatildi: dehqonchilikda foydalanishadi.
Soʻngra shamollar boʻysundirildi — tegirmon yaratildi. Inson va hayvonlarning quvvati yanada tejaldi.
Oʻrta asrlarda suv oʻrganildi: charxpalak va kema kuchi insonga yordam berdi.
1440 yilda kitob bosish dastgohi kashf qilindi: endi insonlar kam energiya sarflab, oʻz fikrlarini koʻpchilikka yetkaza olardi.
18-asr temir keng koʻlamda qoʻllanildi: bino, transport, tikuv mashinalari yaratildi.
20-asr axborot texnologiyalari davriga aylandi: internet, kompyuter samaradorlikni karrasiga oshirdi.
Aslida yuqoridagilar — Sulaymon alayhissalomga avval berilgandi:
— Hayvonlar tilini tushunish;
— qushlar tili yaʼni axborot vositalari;
— shamol;
— quruvchi, transport, suv gʻavvos jinlari;
— otalari Dovud a.s orqali: kitob va temir.
Hozir esa robotlar va sunʼiy intellekt ishlatishni boshladik.
Misollar har xil, mohiyat bir — har zamonning oʻz «jin»lari bor.
Energiyangizni tejaydi: kam mehnat bilan katta natijaga erishasiz.
Qissadan hissa?
Kompyuter, sunʼiy intellekt, dasturlashni oʻrganing. Til biling. Blog yuriting: matn yozing, video darslar tayyorlang. Kitob yozing.
Jinlarni ishlating — uxlaganingizda ham xizmat qiladi.