Har bir inson aniq bir maqsad — missiya bilan yuborilganiga ishonamiz.

Ammo ana shu missiyamizni qanday aniqlaymiz?

Bu, albatta, qiyin jarayon. Lekin missiyani topish uchun Margulan amaqining zoʻr oʻxshatishi bor edi:

Tasavvur qiling, toʻliq qurollangan askar harbiy vertolyotda urushga yuborildi. U urush vaqtida boshi bilan yiqilib, xotirasini yoʻqotdi.

Uygʻondi. Hech narsani eslay olmaydi. Hatto oʻz ismini ham.

Shu payt u — kimligi va bu yerga nima maqsadda yuborilganini qanday aniqlaydi?

Oddiy yechim: u bu urushga nimalar bilan yuborilganiga qaraydi.

Harbiy kiyim, qurol-yarogʻ, bomba va hokazolar orqali u oʻzini jangchi ekanligini aniqlaydi.

Shu orqali u kimligi va bu urushdagi missiyasini bilib oladi.

Inson missiyasi ham shunday topiladi. Siz ham xotirasini yoʻqotgan askar kabisiz...

Siz bu dunyoga nima uchun yuborilganingizni sizga berilgan — talant, qobiliyat, isteʼdod va qiziqishlaringizga qarab topasiz.

Topganingizdan keyin esa Alloh sizni bu “urush maydoni”ga nima missiya bilan yuborganini anglab yetasiz.

Talantingizni aniqlashning men bilgan bir nechta yoʻllari:

1. Har xil sohalarda oʻzingizni sinab koʻrish

2. 1–5 yosh oraligʻida qaysi oʻyinchoqlar bilan sevib oʻynaganingizni eslash

3. Doʻstlaringizdan soʻrash

4. Qaysi ishni boshqalardan koʻra oson bajarayotganingizni aniqlash

Xullas,

Bu dunyo maydoniga bekorga kelmagansiz, azizlar:

Aniqlang. Dunyoni oʻzgartiring!