1. Toʻgʻri kitob tanla.
2. Kitob yoqmayaptimi — tark et. Bu — normal.
3. Turli xil formatlarni qoʻlla — onlayn oʻqi, audio eshit, kutubxonaga bor.
4. Kitob oʻqish joyingni yoqimli maskanga aylantir — atir sep, ozoda saqla, yoritgich qoʻy.
5. Oʻqishdan oldin oʻzingga maqsad qoʻy.
6. Bir vaqtda turli yoqtirgan kitoblaringni oʻqi — biridan zeriksang, keyingisini oʻt.
7. Kitob muhokamalariga qoʻshil. Kitobxonlar bilan birga boʻl.
Sen hozir qaysi kitoblarni oʻqiyapsan? Izohlarda yozib qoldir.