Kitob TED suhbatidagi 23 million marotaba koʻrilgan "Do Schools Kill Creativity?" (Maktablar ijodkorlikni oʻldiradimi?) videosi muallifi — Ken Robinson tomonidan yozilgan

Kitobda soʻnggi asrda davlat va siyosatchilar maktab tizimiga "burnini tiqayotgani" sababi — «savob» emas, «soqqa» ekanligi keltirib oʻtiladi.

Aniqroq aytadigan boʻlsak, oxirgi yuz yillikda odam soni oʻsishi, katta davlatlar oʻrtasidagi texnologik va iqtisodiy raqobat — malakali mutaxassislarga boʻlgan talablarni keskin oshirib yuboradi.

Eng qizigʻi, bugungi kundagi maktab tizimi — yoshlarni ilmli qilish uchun emas, balki ana shu «chanqoqni» qondirish uchun tashkil qilinadi.

Muammo nimada?

Kuchli kadrlarga talab ommaviy boʻlgani sabab — maktablar ham individual talablarni hisobga olmagan holda, standartlashgan umumiy tizimga asoslanadi.

Ushbu ommaviy tizim — bolalarning ijodkorligi, tugʻma qiziqqonligini boʻgʻilishiga sababchi boʻlib, taʼlimga boʻlgan ishtiyoqini soʻndirib kelmoqda.

Ken Robinson ushbu kitobida — ustozlar, ota-onalar, siyosatchilarga oʻrganishning haqiqiy tabiati va maqsadi haqida kerakli maʼlumotlar berib oʻtadi.

P.S: Kitobni Dubaydan keltirib berishdi, Oʻzbekistonda va oʻzbek tilida mavjud emas.

Kitobdan olgan xulosalarimni ulashib borishimni istasangiz reaktsiya qoldiring.