1. www.coursera.org – Dunyoning yetakchi universitetlari va global tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan bepul va pullik kurslar. Pedagogika, tarix, til oʻrganish va boshqa koʻplab sohalar boʻyicha darslar mavjud.

2. www.quivervision.com – Oʻquvchilar uchun interaktiv boʻyoq varaqalari. Bolalar rasmlarni boʻyashadi, maxsus QR kodni skanerlash orqali ularni animatsiyaga aylantiradilar.

3. www.cdc.gov/ncbddd/watchmetraining/module1.html – Bolalarning rivojlanishini kuzatish va muammolarni erta bosqichda aniqlash boʻyicha bepul kurs.

4. www.childcareed.com – Bolalar taʼlimi va parvarishi boʻyicha kurslar. Oʻqituvchilar va tarbiyachilar uchun sertifikat olish imkoniyati mavjud.

5. www.agora.unicef.org – UNICEF tomonidan taqdim etilgan bepul kurslar. Bolalar huquqlari, taʼlim va sogʻliqni saqlash boʻyicha maʼlumotlar joylashgan.

6. www.turtlediary.com – 3–10 yoshli bolalar uchun interaktiv oʻyinlar, dars mashgʻulotlari va turli fanlardan qiziqarli resurslar.

7. www.wordwall.net – Oʻqituvchilar uchun testlar, viktorinalar, jumboqlar va soʻz oʻyinlari yaratish imkonini beruvchi platforma.

8. www.games4esl.com – Ingliz tili grammatikasi, lugʻat boyligini oshirish va talaffuz mashqlari uchun interaktiv oʻyinlar va resurslar.

9. www.prezi.com – Dinamik va vizual jihatdan chiroyli taqdimotlar yaratish imkonini beruvchi platforma. Oʻqituvchilar darslarini jonliroq va interaktiv qilishlari mumkin.

10. www.duolingo.com – Bolalar uchun ingliz tilini qiziqarli tarzda oʻrgatish imkonini beruvchi bepul dastur. Alfavit, soʻzlar va hikoyalar orqali mashqlar bajarish mumkin.

11. www.innerbody.com/htm/body.html – Odam anatomiyasini oʻrganish uchun 3D vizualizatsiyalar taqdim etuvchi sayt. Biologiya va tibbiyot fanlari uchun juda foydali.

Post — Guli Urinboyeva yordamida tayyorlandi.

Hoziroq ustozlarga ulashing!