"Bugungi kunning savodsizi oʻqishni bilmaydigan inson emas. Bugungi kunning savodsizi qanday qilib oʻrganishni oʻrganmagandir!"

"Todayʼs illiterate will not be the man who canʼt read. He will be the man who has not learned how to learn."

– Herbert Gerjvoy

Har bir asrning oʻz kalit koʻnikmasi boʻlgan. Buni mukammal oʻzlashtirgan inson esa muvaffaqiyatga erishgan.

Masalan:

XV asrda — jang sanʼati;

XVI-XVII asrlarda — ishlab chiqarish;

XIX-XX asrlarda — injenerlik, muhandislik, kodlar yasash, "IT" kabilar.

XXI asrdachi?

Bugungi dunyo juda tez oʻzgarayapti — texnologiyalar, fan, iqtisodiyot, va hatto kundalik hayot ham oʻzgaryapti.

Eski bilimlar eskirib qolayotgan bir paytda, eng muhim narsa — doimiy oʻrganish qobiliyati, qanday oʻrganishni bilish va moslashuvchanlik.

Agar inson qanday qilib tez va samarali oʻrganishni bilsa, u har qanday sohada muvaffaqiyatga erishishi mumkin.

Kimdir dasturchi boʻlishni istasa, yoki biznes ochmoqchi boʻlsa, yoki yangi til oʻrganmoqchi boʻlsa — eng katta farq ularning oʻzlashtirish tezligida boʻladi.

XXI asrda asosiy kalit koʻnikma:

✓Tez va samarali oʻrganish.

Shuni ham esda saqlash kerakki, bu koʻnikma doim intizom bilan birga keladi. Kerakli bilimni keraksiz bilimdan ajrata bilish ham muhim.

Kim bu koʻnikmani mukammal oʻzlashtirsa, XXI asr talablariga moslashib, har qanday sharoitda muvaffaqiyatga erishishi mumkin!

Post muallifi: @gulnoza_notes