1. Chekishni tashlolmay, yuraging siqilib, tashlashni chin dildan niyat qilgan boʻlsang, balki bugun vaqti kelgandir?

2. Qalbingga Alloh nur solib, roʻmol oʻrashni qattiq xohlab, qulay vaqt kutib yurgan boʻlsang, balki vaqti kelgandir?

3. Kimnidir qattiq xafa qilib, kechirim soʻrashga kibring yoʻl qoʻymayotgan boʻlsa, balki yarashish vaqti kelgandir?

4. Avvallari faqat bomdod oʻqib, besh mahal namoz oʻquvchilarga havasing kelib yurgan boʻlsa, balki boshlash vaqti kelgandir?

5. Avvallari masjidga chiqmagan boʻlsang, "Masjidga kirsang hamma senga qaraydi, namozni xato oʻqib qoʻysang, seni ustingdan kulishadi" — deb Shayton seni aldab kelgan boʻlsa, balki masjidga chiqish vaqti kelgandir?

6. Kimdir bilan sevishib yurgan boʻlsang, lekin qalbingni tub tubidan bu ishni yaxshi emasligini bilib tursang, balki aloqani uzishni vaqti kelgandir?

7. Avval roʻza tutmasdan, turli bahonalar qilib kelgan boʻlsang, balki endi vaqti kelgandir?

Nima deysan?

Kelayotgan ramazon muborak boʻlsin!