Ish qidirib, topolmayotgan boʻlsang — siqilma!

Menam oliy maʼlumot, ingliz tili, rus tilim borligiga qaramay, ancha vaqt ishsiz yurganman.

Quyida senga ish topishingga koʻmak beruvchi maslahatlar beraman:

1. Ishga "onlayn" hujjat topshirib — kutib oʻtirma.

Katta ehtimol bilan seni hujjatlaringni koʻrishmaydi. Shu sabab, hujjatlaringni qoʻlingga olda "bezni" yoqib, ish joyiga suhbatga ozing bor.

2. Eski ishxonangni yomonlama. Sendan eski ishxonang haqida soʻrab, qadriyating, masʼuliyating haqida bilib olishadi.

3. Oylik kelishganda qoidani eslab qol — narxni birinchi aytgan yutqazadi.

4. Suhbatga borishingdan oldin — kompaniya, kompaniya rahbarini ijtimoiy tarmoqda sinchiklab oʻrgan.

5. Senga muhim boʻlgan kelishuvlarni — ish vaqting, oylik, imtiyozlar haqida reja tuzib ol.

6. Ishga kirish suhbatini, iloji boʻlsa, diktofonga yozib ol. Keyin, Hojiboy aytganday: "Nima dedim?; U nima dedi?", deb yurma.

7. Suhbatga borishdan avval istihora namozini oʻqi.

Shunda, senga xayrli boʻlsa ishing oʻxshaydi, inshaAlloh.

Ishlaringga omad!