1-daraja — «Kasb bosqichi»

— Darslik boʻyicha mavzularni bolalarga tushuntirib bera oladi

— Oʻqituvchilik uning kasbi lekin u hali yetarlicha mutaxassis emas.

2-daraja — «Mutaxassislik»

— Bu davrda ustoz oʻz kasbini sir-asrorlarini toʻliq biladi

— Bola bilan yaqindan aloqa oʻrnata oladi

— Oʻquvchisining ota-onalari bilan suhbatda boʻladi

— Bola hayotiga real taʼsir koʻrsatadi

— Sinfdagi barcha oʻquvchilarga oʻz darajalariga qarab taʼsir koʻrsatib, ularni oʻzgartira oladi.

3-daraja — «Yetakchi mutaxassislik»

Yetakchi mutaxassislar — jamiyatga 2 darajadagi mutaxassislarni tayyorlab beruvchi ilgʻor muallimlar hisoblanadi.

3 darajaga yetgan ustozlar hayotida karera qilish, uy qurish, pul topish degan mavzular deyarli yopiladi.

Chunki endi ular mutaxassis kadr topish muammo boʻlgan zamonda, bemalol, oʻz bizneslarini yoʻlga qoʻyishlari mumkin.

Qolaversa, oʻrtacha kadrlarni mutaxassisga aylantiruvchi ustozlarga butun dunyoda talab boʻladi.

P.S: 3 bosqichga oʻtish taxminan 7 yildan 10 yilgacha boʻlgan tinimsiz oʻz ustida ishlashni oʻz ichiga oladi.

Siz qaysi bosqichdasiz?