1. Nil daryosi toshqini tufayli koʻplab qadimgi misrliklar vafot etardi. Buni Xudoning jazosi deb hisoblashardi.
Keyinchalik, sugʻorma dehqonchilik vujudga keldi. Suv toshqini orqali dehqonlar yerlarini sugʻorishni boshladi va millionlab insonlar ochlikdan omon qoldi..
2. Yevropada tarqagan qora vabo – 200 mln odamni oʻlimiga sababchi boʻldi.
Keyin esa odamlar kamayib ketgani tufayli – feodalizm tugatilib, insonlarni qadrlash, ularga yetarli maosh toʻlash yoʻlga qoʻyildi. Millionlab insonlar «odamga» oʻxshab yashay boshladi.
3. 1-jahon urushi sababli 20 million inson vafot etdi.
Shu urush vaqtida – yangi turdagi dori-darmonlar, jarrohlik muolajalari kabi tibbiyot yoʻnalishidagi yangiliklar kashf qilindi.
Natijada, millionlab insonlar kasallanib oʻlishi oldi olinib kelinmoqda..
4. Yusuf alayhissalom otalaridan ajralib, akalaridan zoʻravonlikka uchrab, qullikdan tortib – qamoqxona maxbusi boʻlish azobini boshlaridan kechirdilar.
Keyinchalik, minglagan Misr xalqini ocharchilikdan asrab qoldilar..
5. Amerika 1945 yil Yaponiyaga ilk bor atom bomba tashladi. 200 ming yaponyalik halok boʻldi.
Shu bilan, atom bombasining dahshatini koʻrgan dunyo — 3-jahon urushini oldini olib kelmoqda..
Tarixda bu kabi roʻyxatlar son-sanoqsiz
Insoniyatga yuborilgan sinov va falokatlar aksar holatda – jamiyatning rivojlanishiga, yaxshilanishiga sababchi boʻlgan.
Umrimiz davomida bizni turli sinovlar, qiyinchiliklaru ofatlar kutib turadi.
Baʼzilar buni Alloh yuborgan balo deb bilsa, boshqalar bu qiyinchiliklarni rahmat deb biladi.
Qissadan hissa:
Seni qiynayotgan — quloqsiz oʻquvchilar, itoatsiz sinflar balki seni rivojlanishing uchun yuborilgan neʼmatdir?