Steven Kovi oʻzining "Muvaffaqiyatli insonlarning 7 koʻnikmasi" kitobida aytishicha, biz hayotimizni muvozanatga keltirish uchun quyidagi 4 sohada faol boʻlishimiz kerak:

1) Jismoniy, yaʼni mashqlar bajarish, sogʻlom turmush tarziga rioya qilish;

2) Ijtimoiy-maʼnaviy, jamiyat bilan hamnafas boʻlish, qarindosh urugʻ rishtalarini uzib qoʻymaslik va hokazo;

3) Ruhiy, yaʼni ibodat, mulohaza qilish, hayot haqiqatlarini anglab yetish;

4) Aqliy, inson oʻzining aqliy qobiliyatlarini, oʻz ilmini doimo rivojlantirib borishi kerak.

✅ Bu 4 koʻnikma odam bolasiga komil inson boʻlib yetishishida qoʻl keladi.

Siz qaysi sohada kamchilikka yoʻl qoʻyyapsiz?