1. Puli yoʻqligi uchun ehson qilmaydimi? Yoki ehson qilmagani uchun puli yoʻqmi?
2. Kambagʻalligi uchun hayotdan noliydimi? Yoki hayotdan noligani uchun kambagʻalmi?
3. Ishi yurishmagani uchun hammadan ayb qidiradimi? Yoki hammadan ayb qidirgani uchun ishi yurishmaydimi?
4. Boʻsh vaqti yoʻqligi uchun ibodat qilmaydimi? Yoki ibodat qilmagani uchun boʻsh vaqti yoʻqmi?
5. Rizqi torligi uchun uylanmaydimi? Yoki uylanmagani uchun rizqi tormi?
6. Atrofida yomon doʻstlari borligi uchun tarbiyasi buzilganmi? Yoki tarbiyasi buzilgani uchun atrofida yomon doʻstlari bormi?
7. Ayollar faqat ularni kuldirganlarni sevib qoladimi, yoki faqat sevib qolganlariga kulishadimi?
8. Aqlliligi uchun muvaffaqiyatli odamlar bilan doʻstmi, yoki shunday doʻstlari boʻlgani uchun aqllimi?
9. Odamlardan uzoqlashganimiz uchun oʻzimizni yolgʻiz his qilamizmi, yoki oʻzimizni yolgʻiz his qilganimiz uchun odamlardan uzoqlashamizmi?
10. «Bez» xarakteri uchun koʻp kaltak yeganmi? Yoki koʻp kaltak yegani uchun bezlashib ketganmi?
11. Bizni koʻp solishtirishgani uchun oʻzimizni noqis his qilamizmi, yoki oʻzimizni noqis his qilganimiz uchun bizni koʻp solishtirishadimi?
12. Chiroyliligi uchun sevib qolamizmi? Yoki sevib qolganimiz uchun chiroyli koʻrinadimi?
13. Eringanimiz uchun hoziroq bu postga izoh yozib, yaqinlarga ulashmaymizmi? Yoki ulashmaganimiz uchun ham erinchoqmizmi? 😉
Nima deb oʻylaysan?
Mohir Mirzaxmedov