Eshmat aka — oʻta qattiqqoʻl, gah desa talabalarni qoʻliga qoʻndira oladi. Yugurib yurgan oʻquvchilar uni koʻrsa joyida qotib qoladi.

Darsi tugashi bilan bolalar — qamoqdan chiqqan mahbusday quvonib ketadi

Hech kim uni shaxsiy hayoti haqida bilmaydi — kim u, nimalarga qiziqadi, qayerda yashaydi?.

Oʻquvchilarining shaxsiy hayotiga toʻliq tupurib qoʻygan.

Uni darsida pashsha uchgani ovozi eshitilganini, hamma uni darsida uyga vazifa bajarishini koʻrib — nafaqat rahbariyat, balki oʻziga oʻxshagan johil oʻqituvchilar ham uni dohiy deb biladi.

Eshmat akani egizagi Gulchapchap xola buni tamoman teskarisi

Umuman talabchan emas — bolalar kech qolsa, darsida uxlasa, telefon oʻynasa ham tamoman beparvo. Loaqal borma kuyasan ham deb qoʻymaydi..

Oʻquvchilarga yoqish uchun — ularning nafsi soʻragan barcha narsani muhayyo qiladi. Oʻzi bir chorakda 14 soat darsi bor shuni 8 soati gap sotish, 6 soati kino koʻrish bilan oʻtadi

Oʻzicha bolalarga oʻzini fido qilyapman deb oʻylaydi. Talabalar tomonidan qoʻyilgan «mujik» laqabi aslida haqorat boʻlsada, negadir unga maqtovdek eshitiladi

Gulchapchap xolaning darsida uxlab oʻtirib, telefon oʻynagan talabalar besh olsa — daftar-kitob olib kelganlar "olti" baho oladi..

Yuqorida, ikki xil ustozlar — biri qoʻrquv, biri esa erkalash bilan dars beruvchilar toifasini koʻrib chiqdik

Muammo

Eshmat aka darsida hamma dars qilib kelsada, uzoq muddatda bolalarning shu fandan koʻngli soviydi.

Gulchapchap xola esa qisqa muddatda bolalarga yoqaman deb, uzoq muddatda ularning kelajagini vayron qilmoqda.

Qissadan hissa:

Haddan ziyod erkalovchi — Gulchapchap boʻlmang, qoʻrquv bilan boshqaruvchi — Eshmat ham boʻlmang, Gulmat boʻling!

P.S: Ikkala sifatni bir vaqtda oʻzingizda jamlash boʻyicha — "Mehribon qattiqqoʻl" nomli post yozilmoqda. Kanalimni kuzatishda davom eting!