Sport boshlash uchun qulay vaqt izlayapsanmi?

— U vaqt hech qachon kelmaydi.

Kitob oʻqish uchun boʻsh vaqt boʻlishini kutyapsanmi?

— U vaqt hech qachon boʻlmaydi.

Ibodat qilish uchun mos sharoit izlayapsanmi?

— U sharoit hech qachon boʻlmaydi.

Ishlaring bitganida, yaqinlaringga vaqt ajratmoqchimisan?

— Ishlaring hech qachon tugamaydi.

Loyiha boshlash uchun ideal sharoit kutyapsanmi?

— Bu sharoit hech qachon boʻlmaydi.

Til oʻrganish uchun mukammal payt qidiryapsanmi?

— Bu payt hech qachon boʻlmaydi.

Xullas

Yaxshi kunlar oldinda!

Yaxshi kunlar yoʻq!

Ideal vaqt yoʻq!

Qulay payt yoʻq!

Sening bugun kuning.

Kuning bugun sening.

Bugun sening kuning!