Ota-onam Toshkent tumanining Keles degan joyidan.
Chaqaloqligimda Chirchiq shahriga koʻchib kelishgan: men shu yerda katta boʻlganman.
Chirchiq shahrini juda yaxshi koʻraman. Lekin baʼzi vaqtlar ich-ichimdan oʻzimni begonaday his qilardim.
Qandaydir ruhiyati teskari edi.
Eng qizigʻi, qarindoshlarni hisobga olmaganda, Kelesda ham ja oʻzimni "suvga tushgan baliq"day his qilmasdim.
Menga negadir Chorsu, Tinchlik, Koʻkcha va uning atroflari yoqardi.
Bu yerlarda yursam xuddi oʻzimning uyimda yurganday boʻlaman.
Qandaydir fitratimga yaqin joylarday tuyuladi. Ruhiyati oʻziga tortadi.
Otam bilan suhbatlashib, sababini topganday boʻldim:
Bobomning otalari aynan shu atroflardan yashagan, bobom esa Chorsuga oʻtin olib kelib sotgan ekanlar.
Yaʼni ajdodlarim yashagan joylar ekan.
Eng qizigʻi, onam ham aynan Chorsu tarafda hisobchi boʻlib ishlaganlarini aytdilar. 27 yoshga toʻlib endi eshitdim. Taajjublandim.
Ha, endi tushundim:
Fitrat baribir tortar ekan..