Universitet vaqtida muzeyga amaliyotga borganmiz.

Muzey gid xodimi menga zoʻr tavsiya bergandi:

"Turistlar kelganda oʻzingizni talabaman deb tanishtiring. Shunda xato qilsangiz ham hech narsa boʻlmaydi.

Tabiiy qabul qilishadi. Men ham haligacha oʻzimni talabaman deb aytaman."

Zoʻr formula oʻrgandim:

Talaba qoqilishdan qoʻrqmaydi. Xato qilish normal. Natijada u oson hayot kechiradi.

Shundan keyin

Nafaqat muzeyda, balki hayotda ham talabaga aylandim:

Ishda, oilaviy hayotda, umuman, hayotning barcha jabhalarida — men abadiy talabaman:

Xato qilishga ruxsatnomam bor!

Oʻzi aslida ham barchamiz talabalarmiz.

Yer yuziga oʻrganish uchun kelganmiz:

Farishta emasmiz. Xato qilamiz. Tahlil qilamiz. Xulosa olamiz. Rivojlanamiz!

Oʻzimizdan «professor» yasab olish esa ortiqcha yuk beradi, xolos.

Xulosa:

Abadiy talaba boʻling!

Doimo oʻrganing. Xatolardan qoʻrqmang. Oʻsishda davom eting!

Osonroq yashaysiz..