Ish, oila barchasi joyida — ammo qalbingda quvonch yoʻq

Yordam soʻrolmaysan — oʻzingga oʻzing yordam ham berolmaysan

Atrofingda odamlar koʻp — lekin oʻzingni yolgʻiz his qilasan

Ishlaring ketayapti — ammo bir joyda qotib qolgandaysan

Senda ham shu tuygʻular bormi?

Tabriklayman sen — «Languishing» ni boshingdan kechiryapsan

Bu iborani fanga sotsiolog — Corey Keyes olib kirgan

Languishing — ruhiy kasalliklarning esdan chiqib, qoldirilib ketilgan bolasi

Yaʼni senda ruhiy kasallik alomati sezilmaydi

Lekin uyqudan turganingda — oʻzingni kayfiyatsiz his qilasan

Kasal ham emassan — sogʻ ham..

Keyingi 10 yillikda ichkilikka berilish, taqiqlangan moddalar isteʼmoli, oʻz joniga qasd qilish aynan — «Languishing» natijasida paydo boʻlishi kutilmoqda

Yechim qanday?

Professor Adam Grant — bu muammoga yechim sifatida «Flow» jarayonini keltiradi

Flow — kun davomida diqqating boʻlinmaydigan vaqtni tanlab, shu davrda sen biror mashgʻulot bilan shugʻullanishing

Masalan, oʻquv kursi, dars tayyorlash, sport mashgʻuloti va hkz

1-qoida: Bu mashgʻulotlar sendan aqliy yoki jismoniy mehnat talab qilishi kerak

2-qoida: Qilayotgan yumushingda qaysidir darajaga yetish kabi maqsad boʻlishi kerak

3-qoida: Ushbu jarayonda qoida — chegaralar boʻlishi kerak

Eng muhimi — sen har doim oʻz darajangni oshirib borishing kerak!

P.S: «Languishing» diniy boʻshliq natijasida ham vujudga keladi

Post: Fikrbank videosi asosida tayyorlandi