Inson jamiyatda yashar ekan doimo oʻz mavqesini — tabaqasini koʻrsatib turish ilinjida boʻladi
Ayrim mamlakat va hududlarda insonning jamiyatdagi tutgan oʻrni maʼlum raqamlar bilan aniqlanadi. Masalan:
• Universitet professorlarida — chiqargan maqolalari soni;
• Korxona rahbarlarida — kompaniyaning daromadi;
• Blogerlarda — obunachilari soni;
• Boshqaruvchilarda — qoʻlidagi ishchilari;
• Dasturchilarda esa — yaratgan dasturlarining yuklanib olinishi soni bilan ularning jamiyatdagi pozitsiyasi belgilanadi
Ammo barcha makonlarda insonning darajasini son bilan oʻlchash — ilojsiz
Bu paytda insonlar jamiyatdagi oʻz oʻrnini koʻrsatish uchun — "Namoyishkorona Isteʼmol" (Demonstrative Consumption) uslubini qoʻllashadi.
Namoyishkorona Isteʼmol:
• Hashamatli xonadon qurish;
• Qimmat mashina haydash;
• Dabdabali toʻylar qilish;
• Qimmat raqamlar sotib olish;
• Soʻnggi rusumdagi telefon olish va boshqa turdagi xarajatlarni oʻz ichiga oladi.
Yaʼni insonlar ong-osti bilan jamiyatga qarab "koʻryapsizlarmi men qanday qimmat xarajatlar qila olaman = bu bilan meni kimligimni koʻrib qoʻyishinglar mumkin" - deb signal beradi.
Jamiyatdagi oʻz oʻrnini yoqotib qoʻyayotgan odam esa hashamatli xaridlar qilish bilan "Men sizlar oʻylagandek hali sinib ketganim yoʻq, meni ham oʻz oʻrnim bor" - deb signal yuboradi.
Eng qizigʻi — ushbu inson qalbidagi hirsdan oʻyin-sanoati vakillari ustalik bilan foydalanib kelishmoqda.
Soʻnggi yillarda mashhur boʻlgan virtual oʻyinlarga eʼtibor qaratsangiz — virtual olamda oʻyinchining oʻz dunyosi va oʻz mavqesi mavjud
Aksar yoshlar dabdabali uylar qurishga qiziqmayapti degani bu ularda — zohidlik sifati shakllanganligidan emas, balki ular oʻzga olamdagi mavqega intilayotganlarini bildiradi.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsam, barchamiz doimo qandaydir mavqega intilamiz, bu tabiiy hol
Ahli ilmlar esa — Alloh oldidagi daraja uchun intiladilar. Bekorga ahli ilm emasda..