Iqtisodda "Sunk Cost" (Choʻkkan kema xarajati) degan tushuncha bor.

Choʻkkan kema iborasi — allaqachon ishlatilib, qaytarilib boʻlmaydigan, foyda ham olib kelmaydigan mablagʻga aytiladi

Yanadan aniqroq qilib aytadigan boʻlsak:

Siz 50$ ga adashib oʻzingizga yoqmaydigan kontsertga chipta sotib oldingiz

Shu vaqtning oʻzida doʻstingiz sizga bepulga siz sevgan insonning kontsertiga chipta sovgʻa qildi

Aksariyat insonlar shu vaqtda yoqmasada xarajat qilingan yoʻlni tanlashadi — bu inson psixologiyasi

Bu mavzuning muhimligi shundaki — koʻp tadbirkorlar notoʻgʻri sohaga pullarini tikib qoʻyishadi

Keyin esa, bu yoʻnalish ularga foyda keltirmasligini bilsalarda "shuncha pul tikib qoʻydimku axir" - deb investitsiyani davom ettirishadi

Eng achinarlisi, odamlar nafaqat pul, balki vaqt va umr bilan "choʻkkan kema" girdobiga tushishadi

Koʻp holatda talabalar "oʻqishga kirib olsam boʻldi" - deb istagan sohani tanlashadi, keyin esa "shuncha yil oʻqib qoʻydim axir" - deb umr boʻyi oʻzlari sevmagan sohada ishlashadi.

Shaxsan oʻzim 2 yil fors tilini oʻrganib, noilojlikdan kelajagimni shu sohaga bogʻlamoqchi boʻlganimda Aziz aka qaytarib qolgan

Choʻkkan kemani aniqlashning uslub va yechimlari:

1. Agar, misol uchun, ikki yil shu sohada oʻqimaganimda yana qaytadan boshlashga rozi boʻlarmidim? - deb mulohaza qiling

2. Siz tanlagan yoʻlda davom etish va uni toʻxtatishning foyda va zararlarini koʻrib chiqing

3. Ustozlar bilan maslahatlashing

4. Hissiyotni chetga surib, holis raqamlar bilan vaziyatga baho bering

5. Notoʻgʻri sarflangan – pul, vaqtni kelajagingizdan ustun koʻrmang.

6. Umr boʻyi shu yoʻnalishda ishlashga rozi boʻlasizmi yoki yoʻqmi — tafakkur qiling.

P.S: Iltimos biror sohada qiyinchiliklarga duch kelayotgan boʻlsangiz — ushbu postimdan bu yoʻlni tashlab ketish uchun «fatvo» sifatida foydalanmang.

Har bir yoʻlda sizga yoqmaydigan davr boʻladi. Bu har doim ham "choʻkkan kema" emas.