Yosh oʻtgan sayin — "Hop boʻladi" emas, "Yoʻq boʻladi" deya olish muhimroq koʻnikmaga aylanib boradi.

Ayniqsa, biz oʻzbeklar — hafa qilib qoʻyishdan qoʻrqib, hamma narsaga «ha» deyaveramiz.

Quyida Greg McKeownʼning «Essentialism» kitobidan koʻngil ogʻritmay «yoʻq» deyishning bir necha yoʻllarini koʻrib chiqamiz:

1. Noqulay pauza — sizga qandaydir taklif berilganda darrov «yoʻq» demasdan ozgina pauza oling.

2. "Yoʻq, ammo!" — uslubini ishlating. Masalan: "Hozir imtihonga tayyorlanayotgan edim, ammo vaqtim boʻlganida jon deb borgan boʻlardim".

3. "Shundoq jadvalimni tekshirib olay" - deb, jadvalingizni tekshirgan holda, qabul qilish yoki «chopishni» oʻylab oling.

4. Shablon sms ishlating. Masalan: "admin hozir kitob yozish bilan band — oʻz vaqtida javob qaytarilmasa, uzr soʻraymiz".

5. "Nimaning evaziga" uslubi — boshliqlaringiz sizga biror ish buyurganida "Bu ishni bajarishdan juda xursandman, faqat buning evaziga qaysi vazifalarimga eʼtiborni kamaytirsam boʻladi?", deb soʻrash.

6. Yumor, hazil qoʻshgan holda «yoʻq» deng — "Hozir siz aytgan joyga borsam, butun dunyo och qoladiku"..

7. "Buni bajara olmasam-da, ammo mana bunga tayyorman!" uslubi — Misol uchun: "Siz bilan koʻrisha olmasam-da, ammo telefonda gaplashishga tayyorman", deb vaziyatdan chiqsangiz boʻladi.

Siz yana qanday «chopish» usullarini bilasiz? Yozib qoldiring