Safarga taklif qilishdi — yoʻq deyolmadim.

Kech keldim — 3 soat uxladim.

Uyqusizlik sabab — mashgʻulotlarni tark qildim.

Jismoniy nofaollik, kam uyqu — kasbiy toliqishga olib keldi.

Kasbiy toliqish — darsga boʻlgan muhabbatimni kamaytirdi.

Uyqusizlik + nofaollik + charchoq + ishdan sovish = darsga tayyorlanmay borishga sababchi boʻldi.

Darsga tayyorlanmaslik — bolalarni zerikishiga;

Oʻquvchilarning zerikishi — dars boshqaruvini yoqotishga;

Dars boshqaruvini yoqotish — stressga

Stress — quvvatsizlikka

Quvvatsizlik — kayfiyatsizlikka

Kayfiyatsizlik — yolgʻizlikka

Yolgʻizlik — oʻzimni solishtirishga

Oʻzimni solishtirish — noshukrlikka

Noshukrlik — bir qancha vaqt badbaxtlikka sababchi boʻldi.

Shu birgina safar ortidan shuncha muammo..

Xulosa

«Yoʻq» deyishni oʻrgan.