Roppa rosa 1 yil oldin birinchi marta dars oʻtishni boshlaganman.
Aytishicha, 11-sinfgacha tarixga umuman qiziqmagan ekan. Sohasi iqtisod edi.
Keyin, yil boshida darslarga qiziqishni boshladi. Bir oyni ichida tarixdan AP imtihoni topshirishga qaror qildi.
Dastlab qiynaldik. Tushunishi qiyin boʻldi. Ammo keyin qiziqib ketdi. Imtihondan 5 bahoni qoʻlga kiritdi.
Undan ham qizigʻi — hozir oʻzi tarixdan dars berishni boshladi.
Oʻziga oʻxshash oldin tarixga qiziqmagan, oʻqimagan bolalarga qanday uslublar qoʻllashimni oʻrganishga kelibdi.
Dars berish, qiziqtirish oson emasligini tushunib yetdi shekilli)
Qoʻldan kelgancha maslahat berdik.
Oʻz fanimga qiziqtirolganimdan xursand boʻlib ketdim.