Umida:
Abituriyentlikni eslab... Eski tizim davrida oʻqishga kirish uchun yoʻllar yopilgan, mashinalar tirband, telefonlar oʻchirilgan...
Axrorbek Suyunov:
Xayr, oʻqish. Salom, Rossiya!
Rossiyaga ketmagan bolalar alamidan 1 yillik armiyaga ketardi, qizlar esa turmushga chiqishardi.
Eng qizigʻi, 5–6 yillik, hatto 7 yillik «staj»ga ega abituriyentlar ham boʻlardi.
Javobni koʻrish uchun 5151 dan SMS kutish yoki institutga borish kerak boʻlardi...
Saidova Oʻgʻiloy:
Armiyaga borib, imtiyoz olganlar hamma bilan bir xil kvotada topshirardi. Biz bilan birga oʻqishga topshirgan bitta armiyachi 280 ball toʻplab, 1-oʻrinda oʻqishga kirgandi.
Malika_FM:
Imtihon boʻlayotgan bino atrofida umuman internet ishlamas edi.
Imtihon savollarining javoblarini hozirgidek chiqqan zahoti bilolmasdik!!!
Baxora Abdullayevna:
Sertifikatning «S» harfining bir uchi ham yoʻq edi.
Baxora Abdullayevna:
Koʻchirmakashlik bor edi. Nazoratchilar ayrimlardan pul olib, bemalol koʻchirtirishardi. 3 yil tayyorlangan men esa alam bilan kuzatdim. Lekin «Allohim mehribon ekan» — MEN BIRINCHI YILDAYOQ GRANTGA KIRDIM!
Hayitxon Sotvoldiyeva:
Mandat kuni hammasidan ham boshqacha boʻlardi... Familiya bilan emas, raqamlar bilan oʻzimizni qidirardik. Eh... Yoshligim esimga tushib ketdi...
Alijonova Kumushxon:
3 ta fanni yotib oʻqiganimizda, 4-fan qoʻshilgan kechalari soat 1 gacha dars qilardim. Soat 2 dan keyin adabiyotdan oʻrgangan yozuvchilarim tushimga kirib chiqardi. Tinmay, tinmay, tinmay oʻqirdik...
3 ball yetmay, Islom universitetidan yiqilganman. 1 yil hammadan dakki eshitib, keyingi yil oʻz viloyatimga grant asosida oʻqishga kirdim. 😅
Shohsanam Valiqulova:
Oʻqishdan toʻyib ketib, yigʻlab ham olardim. 7-sinf Jahon tarixiga qarasam, koʻnglim aynirdi. 🥹 Men uchun eng qiyini shu kitob boʻlgan. Oxiri shunchalik bezor boʻlgandimki, «Tezroq 1-avgust kelsa-yu, tugasa», deydigan boʻlib qolgandim.
FILOLOG FERUZA ABDULLOYEVNA:
Abadoglarga Bluetooth ulab...
6 yil maktab darsligida yodlayverib...