Charchagandim — ertalab tirbandlikda 1 soat qolib ketgandim, chunki.

Tirbandlikda qoldim — uydan kech chiqqandim, chunki.

Kech chiqqandim — bomdoddan keyin uxlagandim, chunki.

Bomdoddan keyin uxlagandim — uyquga toʻymagandim, chunki.

Uyquga toʻymagandim — kechqurun kech uxlagandim, chunki.

Kechqurun kech uxlagandim — telefon oʻynagandim, chunki.

Telefon oʻynagandim — kitob oʻqishga energiyam yetmagandi, chunki.

Energiyam yetmagandi — kun boʻyi asabiylashgandim, chunki.

Asabiylashgandim — charchagandim, chunki.

Charchagandim — tirbandlikda qolgandim, chunki.

Stop.

Bugun ertaroq uxla.