1. Mathew Walkerʼning — "Biz nega uxlaymiz?" [Why we sleep?] kitobini oʻqiyapman:
Uyquning muhimligini, uyqusizlikning zararlarini shu darajada tushuntirganki, jamiyatdagi barcha muammolar uyquga borib taqaladi deb oʻylaysiz.
2. Carol Dweckʼning — «Mindset» kitobini oʻqiganman. Muallif asosiy muammolar idrokimizga borib taqalishini tushuntirib beradi.
3. Jeyms Robinson — "Mamlakatlar Tanazzuli Sabablari" kitobida esa muammolar siyosiy institutlarga bogʻliqligini aytadi.
4. Jared Diamondning "Qurollar, mikroblar va poʻlat" asarida esa, muammolar tarixiy va geografik sharoitlarga bogʻliq boʻlishini tushuntiriladi.
5. Malcolm Gladwell — “Zukkolar va Landavurlar” kitobida:
Muammolarimiz individual harakatlardan koʻra, tashqi omillarga — jamiyat, muhit va baxtli tasodiflarga bogʻliqligini keltiradi.
Misollar koʻp, xulosa bir:
Barcha oʻzidan kelib chiqib fikrlaydi..
"Agar sizda mavjud yagona asbob — bolgʻa boʻlsa, siz har qanday muammoni — mix sifatida koʻrasiz", degan edi psixolog Maslov.
Savol tugʻiladi: qaysi biri haq?
Menimcha barchasi!
Muammolarimiz — turfa xil.
Hayotimiz — oʻzgacha.
Inson — murakkab mavjudot.
Yagona universal formula yoʻq.
Xulosa
1. Vaziyatga murakkab yondashing;
2. Maslahat soʻraganda esa yodingizda tuting:
Hamma oʻzidan kelib chiqib xulosa beradi.