Professor Carol Dweck yuzlab 10 - 14 yoshdagi oʻquvchilarda maqtash boʻyicha tadqiqot oʻtkazadi.

Barcha oʻquvchilarga nisbatan qiyin savollardan iborat 10 ta test beriladi.

Oʻquvchilarning deyarli barchasi testda yaxshi natija qayd etishadi.

Tadqiqotchilar aʼlo natija koʻrsatgan talabalarni ikkiga boʻlib, birinchi guruhga:

— "Siz sakkizta toʻgʻri javob beribsiz. Bu juda ajoyib natija — siz juda aqlli va aʼlochi oʻquvchi ekansiz!"

Ikkinchi guruhga esa:

— "Siz sakkizta toʻgʻri javob beribsiz. Bu juda ajoyib natija — siz qattiq harakat va mehnat qilganga oʻxshaysiz", deb maqtashadi.

Avval bir xil natija koʻrsatgan oʻquvchilar — shu maqtovdan boshlab oʻzgarishi kuzatiladi

Aqlli va aʼlochisan deyilgan talabalar — oʻz «obroʻ» larini toʻkilib qolishidan qoʻrqib, nisbatan qiyin boʻlgan vazifalardan qochishni boshlashadi. Oʻzlarining kamchiliklari yuzaga chiqishidan havotirda, turli bellashuvlarda ishtirok etishdan bosh tortishadi.

Bundan farqli oʻlaroq

Mehnati uchun maqtalgan oʻquvchilarning 90% — yanada qiyinroq vazifalar bajarib, yangi narsalar oʻrganishga ishtiyoq bildirishadi.

Tadqiqot davomida — ikkala guruhga judayam qiyin test beriladi

Aqli uchun maqtalganlar testni yecha olmay — oʻzlarini ahmoq va noqis bolakay deb, testni muammoday qabul qilishadi.

Mehnati uchun maqtalganlar esa — test qiyin boʻlsada, testga 1-guruhdan farqli ravishda muammo emas, imkoniyat deb qarashadi. Yangi reja va strategiyalarni qoʻllab koʻrishadi.

Tadqiqotning keyingi qismida endi bu ikki toifaga oson testlar toʻplami beriladi:

«Aʼlochi-aqllilar» test oson boʻlsada yomon natija qayd etishadi.

«Mehnatsevarlar» guruhi esa sezilarli ravishda yaxshi natijalarni koʻrsatishadi.

Tadqiqotning soʻngi qismida:

Barcha oʻquvchilarga oʻzlari qayd etgan baholarni qogʻozga oʻzlari yozib berishlari soʻraladi.

Hayratlanarlisi shundaki — 40% talanti uchun maqtalgan oʻquvchilar oʻz baholarini koʻtarib, yolgʻon maʼlumot berishadi.

Xulosa:

1. "Sen aqllisan, sen qobiliyatlisan", deb berilgan maqtov bola koʻrsatkichlariga salbiy taʼsir koʻrsatadi

2. Aqlliligi uchun maqtalgan talabalar — tavakkal qilishdan qoʻrqib, koʻp narsalarni oʻrganolmaydi

3. Notoʻgʻri maqtalgan bolalar — oʻzlarini noqis xis qilib, kamchiliklarini berkitishga moyil boʻladi

4. "Sen aqllisan", deb maqtalgan bolalarning ayrimlari yolgʻonchiga aylanadi.