1. Maktabdagi matematika ustozim — Mastura opa bolalarni yomon koʻrardi, mehr berolmasdi. Sababi, ukasini uylantiraman deb oʻzi qirqqa kirsada erga tegmagandi.

2. Direktorimiz Sayyora opa, ishlari koʻp boʻlsada, adabiyotdan darsni oʻzi oʻtardi. Shu bilan, "bir-ikki soʻm" yoniga qolardi. Lekin koʻpincha darslar boʻlmasdi.

3. Tarix ustozimiz Karima opa, direktorni qizi edi. Oliy maʼlumoti yoʻq, tarixni umuman tushunmasa-da, onasi "uyda bekor oʻtirganda koʻra", deb maktabga joylab qoʻygandi.

4. Falsafa ustoz — Umar aka darsdan tashqari toʻylarda otarchilik qilardi. «Qittay-qittay» qilib turishini ham bilardik, shu sababli ham dindan gapirsa ensamiz qotardi.

5. Jahon siyosati oʻqituvchimiz — Diyora opa Universitetga «tanka» orqali joylashgandi. Darsga umuman tayyorlanmasdi, mavzudan tashqari savol soʻralishini kutib, darsni oxirigacha shuni muhokama qilib oʻtirardi.

Nima demoqchiman?

Biz tushunmaydi deb oʻylagan bolalar, aslida, hammasini koʻrib, bilib turibdi. Ayniqsa hozirgi yosh avlod.

Qissadan hissa:

Oʻzimizni isloh qilaylik, qadrli ustozlar..