1. Darsimda uxlashing jahlimni chiqaradi! ❌
Darsda uxlasang, mavzularga tushunmay qolasan, bu esa kelajaginga taʼsir qilishidan tashvishlanaman. ✅
2. Dars vaqtida kavshanma! ❌
Darsda ovqatlansang xayoling buziladi, keyin dars tayyorlashga qiynalib qolasan. ✅
3. Darsimga oʻz vaqtida kelsang biror joying uzilib tushadimi? ❌
Darsga vaqtida kelmasang, darsga kirishguninggacha darsni yarimi oʻtib ketadi. Barakadan quruq qolasan. ✅
4. Darsda telefon oʻynama! ❌
Darsda telefon oʻynasang, muhim maʼlumotlardan quruq qolishingdan qoʻrqaman. Balki shu maʼlumotlar senga imtihon vaqtida tushib, seni hayotingni oʻzgartirib yuborar? ✅
5. Men gapirganda, men bilan tengma-teng gaplashib oʻtiribsanmi? ❌
Darsda gaplashib oʻtirsang, oʻzing va sherigingni tushunmay qolishiga sababchi boʻlasan. ✅
6. Diqqat qil, xayol surma! ❌
Darsda diqqat qilmas ekansan, mavzuni chala tushunasan. Chala axborot esa testda pand berishi mumkin. ✅
7. Kitobni dabdalasini chiqaribsanku! ❌
Agar kitoblarni toza saqlasang — oʻzing ham maza qilib ishlatasan. Balki keyinchalik kimgadir hadya qilib savobiga sherik boʻlarding? ✅
8. Kibrlanmasdan guruh boʻlib ishla! ❌
Bugungi kunda jamoa bilan ishlay olish — zamon talabidagi muhim koʻnikma. Hozirdan rivojlantirib olsang kelajakda qiynalmaysan. ✅
Xulosa
Ogohlantirishingiz, aslida, uning foydasi uchunligini izohlab keting.
Shunda taʼsirli chiqadi.
Siz qanday ogohlantirishlar qoʻllaysiz?