Dunyoning jismoniy va ruhiy eng kuchli insoni — David Goggings haqida

David Goggins aql bovar qilmas rekordlari bilan dunyoni lol qoldirgan:

• 2000-yili qisqa vaqt ichida: 135 dan 86 kgga vazn tashlaydi (rasmga qarang)

• 2004-yili 24 soatda 217 km yugurib, ginnes rekordini oʻrnatadi

• 2014-yili David turnikda 24-soat ichida 4030 (!) marotaba tortilib, yana ginnes rekordini yangilaydi

• 2015-yili uzoq vaqt suvda suzish boʻyicha navbatdagi rekordini oʻrnatadi: 11 soat tinmay suzib, 130 km yoʻl bosib oʻtadi

• 2018-yili butun dunyoda «best-seller»ga aylangan "Canʼt Hurt Me" kitobini yozadi

Endi David Goggingsni tarixiga nazar tashlaymiz:

Bolaligi ichkilikka berilgan dadasidan kaltak yeyish bilan oʻtadi;

Maktab davrida oʻrganishdagi nuqsoni sababli, unga aqliy zaif tashxisi qoʻyiladi;

Irqchilik sababli tengqurlaridan davomiy «Bullying» — haqoratga uchraydi;

Oʻsmirligida esa oʻta ogʻir vazndan aziyat chekadi.

David ogʻir bolalik travmalarini boshidan kechirganiga qaramay, zamonamizning muvaffaqiyatli insoniga aylandi:

Sharoitini bahona qilmadi. Masʼuliyatni oʻziga oldi. Oʻzgardi.

Xulosa

Balki sizning bolaligingiz ham: jismoniy, ruhiy, oilaviy azoblar bilan oʻtgandir.

Sizda endi ikkita yoʻl bor:

1. "Meni sharoitim yoʻq", "men sogʻlom muhitda katta boʻlmaganman", "yoshlik jarohatlarim bor", - deb bahona topish;

2. Masʼuliyatni olib, ushbu qiyinchiliklarni motivatsiyaga aylantirish.

Ikkinchisini tanlang.