Biz maxluqotlarning sarvari boʻlsakda, bu olamda biz ibrat olishimiz mumkin boʻlgan koʻpgina mavjudotlar bor. Moʻmin odam har bir maxluqotdan qalb koʻzi ila hikmat topa oladi.

Kel, bugun sen bilan oʻzi kichkinagina hasharot boʻlishiga qaramay, Qurʼoni karim va hadislarda zikri kelgan asalarining ayrim oʻziga xos xususiyatlarini koʻrib chiqamiz:

1. Asalari faqat toza va pokiza gullarni isteʼmol qiladi. Yaʼni faqat halol taomlar yeydi.

2. Asalari avval gulni changlatadi, keyin undan ozuqa oladi. "Olish uchun avval berish kerak" qoidasiga amal qiladi.

3. Asalari gulga vaznini tashlab olmaydi. U guldan ustida qanotini qoqqan holda ozuqa oladi. Yaʼni bizga oʻxshab ota-ona va boshqalarga bor vaznini tashlab olmaydi, oʻzi harakat qiladi.

4. Asalari sherigi oziqlanayotgan gulga yaqinlashmaydi. Birovni "biznes"iga burnini tiqmaydi.

5. Oʻziga xos raqs ijro etib, yangi ozuqa manbaidan boshqa asalarilarni xabardor qiladi. Biz insonlarga oʻxshab birovlarga baxillik qilmaydi.

6. Odam bir qoshiq asal yeyishi uchun 200 ta asalari bir kun dam olmasdan ishlaydi. Ammo shuncha mehnat qilsada sen va menga oʻxshab minnat qilmaydi!

7. Asalari oziqa qidirish jarayonida kun boʻyi 12 gektarga yaqin joyni uchib oʻtadi. "Ish topib boʻlmayapti" kabi bahonalar bilan uyda oʻtirib olmaydi, rizq topish uchun kurashadi.

8. Asalari oʻz asalini himoya qilish uchun dushmanni chaqib, jon taslim qiladi. Yaʼni oʻz vatani uchun jon fido qiladi.

9. Asalari uyasida 80 minggacha asalarilar yashashi mumkin. Biz odamlarga oʻxshab "Oʻzim alohida yashayman" yokida "Qaynonam bilan yashamayman" degan gaplarni gapirmaydi.

10. Bu yerda senning asalaridan olgan ibrating boʻlishi mumkin, izohga yozib qoldir.

Senga asalariday insoniyatga foydali boʻlishingni tilab, @ustoz_kundaligi admini.