1964-yil amerikalik ayol Kit Jen ishdan uyga qaytar ekan, odamlar koʻz oʻngida jinoyatchi tomonidan pichoqlanib oʻldiriladi.
Qotillikni koʻrgan 37 kishidan birortasi masʼuliyatni boʻyniga olib, politsiyaga qoʻngʻiroq qilmaydi.
Keyinchalik, ushbu befarqlik psixologlar tomonidan tadqiqot qilinib — "Bystander effect" (guvohlar taʼsiri)", deb nomlanadi.
Tadqiqotga koʻra:
Odamlar atrofida boshqa odamlar borligida — masʼuliyatni boʻyniga olmaydi.
Yaʼni, favqulodda vaziyatlarga qancha koʻp odam guvoh boʻlsa — ularning chora koʻrish ehtimoli shuncha kamayadi.
Sababi, insonlar "Shuncha odam borku", deb oʻz shaxsiy javobgarliklaridan oʻzlarini ozod qilishadi.
Buni aksi oʻlaroq — agar qotillikka birgina odam guvoh boʻlsa u 70% holatda darhol chora koʻrishi aniqlangan.
Ushbu tadqiqotdan ustozlar uchun xulosalar:
1. Vazifani sinfga emas, balki oʻquvchilaringizni ismini aytgan holda bering:
Yerdagi qogʻozlarni yigʻib chiqarsizlar. ❌
Ali, Nafisa — yerdagi qogʻozlarni yigʻib chiqinglar. ✅
2. Har bir talabani biror bir ishga masʼul qilib qoʻying.
Eshmat — doska artuvchi; Toshmat — qogʻozlarni tarqatuvchi; Aziza — chiroqni oʻchirib yoquvchi va hkz.
3. Favqulodda holatda har bir oʻquvchi birdek javobgar boʻlishini tushuntiring.
4. Masʼuliyatni olgan oʻquvchilarni sinf oldida taqdirlab turing.
Ushbu postni oxirigacha oʻqigan boʻlsangiz " + " belgisini qoldiring.
Koʻramiz, siz odamlar ichida qanday chora koʻrasiz. 😉