Abdulloh ibn Yazid Hatmiy al-Ansoriy (r.a) aytadi: «Rasululloh (s.a.v) duolarida bunday derdilar:
«Allohim! Menga sevgingni va Sening huzuringda sevgisi menga foyda beradigan kishining sevgisini ato qil. Allohim, menga mol, avlod, sihat, nimaiki sevimli neʼmatlar bergan boʻlsang, ularni Oʻzing yaxshi koʻradigan jabhalarda menga koʻmakchi qil. Allohim, sevganlarimdan nimaniki olgan boʻlsang, ularni ham sevgan ibodating, qulliging borasida vosita, quvvat qil»(Imom Termiziy, 3491).
Manba: «Duo kitobi».