Baʼzan qaror qabul qilishda qiynalaman. Kunlab oʻylab yuraman:
• Sotib olaymi yoki pulimni tejaymi?
• Jazolaymi yoki kechiraymi?
• Tavakkal qilaymi yoki tinchgina yashayveraymi?
• Boraymi yoki dam olaymi?
Bu holatga Morgan Houseldan zoʻr maslahat eshitdim.
Ikkilanayotganda oʻzingizga bitta savol bering:
“Bu qarorimdan oʻlim toʻshagida yotganimda afsuslanamanmi, yoʻqmi?”
• Uyimni hashamatli taʼmirlamaganim uchun afsuslanamanmi?
• Toʻyimga qimmat mashina aytmaganim uchun-chi?
• Yoki soʻnggi rusumdagi telefon ishlatmaganim uchun-mi?
Albatta yoʻq..
Ammo biz afsuslanishimiz mumkin:
• Yaqinlarimizga yetarlicha vaqt ajratmaganimizdan;
• Tavakkal qilmaganimizdan;
• Komfort zonasida, bir xillikda umr oʻtkazganimizdan;
• Sogʻligʻimizga eʼtibor bermaganimizdan;
• Ilm va tajriba orttirmaganimizdan...
Eh, roʻyxat uzun.
Nega aynan oʻlim toʻshagi?
Chunki oʻlim — haq. U haqiqatlarni ochib beradi. Haqiqat esa toʻgʻri qaror qabul qilishga yoʻl koʻrsatadi.
Xulosa: agar ikkilanayotgan qarorlaringiz boʻlsa, shunday oʻylang:
“Oʻlim toʻshagida bu narsadan afsuslanamanmi yo armon qilamanmi?”
Yodda tuting:
Armonning dardi — afsusdan kuchli.