Kitob tavsiyalari
Kanal muallifi oʻqigan va tavsiya qilgan 33 ta kitob. Izohlar uning oʻz soʻzlari.
Pedagogika
Teach Like a Champion
Doug Lemov
Dunyoga mashhur, barcha pedagoglar oʻqishi shart boʻlgan kitob. Darsingiz sifatini oshirishga oid 63 ta maslahat berilgan.
Uncommon Sense Teaching
Turli qobiliyatli talabalarni samarali oʻqitish va umumiy oʻquvchilar iqtidoridan maksimum foydalanish yoʻllari haqida yozilgan kitob.
Raqamlar uchun yaralgan idrok
Barbara Okli
Matematika, fizika, kimyo va boshqa fanlarni tushunishga qiynaluvchilar uchun ajoyib qoʻllanma. Nega shu kitobni ertaroq oʻqimaganman, deb afsuslandim.
Finlandiya Taʼlim Moʻjizasi
Timoti Uoker
Pedagogik dunyoqarashni shakllantirishga ajoyib kitob, ammo dars oʻtish uchun samarali metodikalar koʻp berilmagan.
Creative Schools (Ijodkor Maktablar)
Ken Robinson
Ustozlar, ota-onalar, siyosatchilarga oʻrganishning haqiqiy tabiati va maqsadi haqida kerakli maʼlumotlar berib oʻtadi.
The Excellent 11
Ron Clark
Muvaffaqiyatli oʻqituvchi, ota-ona va tarbiyachilar bilan muloqot qilgan pedagog ularning umumiy 11 ta xislatini tahlil qilib yozadi.
Sizda 45 daqiqa bor!
Nazokat Yusufjonova
Kitobda darsni samarali boshlash, enerjayzerlar va turli qiziqarli metodikalar jamlangan.
Psixologiya
Mindset
Carol S. Dweck
Fikrlashni oʻzgartiradi. Miyamizdagi notoʻgʻri «ustanovka»larni toʻgʻirlashga yordam beradi. Bolalar fikrlashi bilan ishlashni oʻrgatadi.
Taʼsir psixologiyasi
Robert Chaldini
Insonlardagi oʻzgarmas psixologiyani ochib beradi. Bu orqali insonlarni boshqarishni oʻrganish mumkin.
Qanday qilib doʻst orttirish va odamlarga taʼsir etish mumkin?
Deyl Karnegi
Odamlar bilan oson munosabat qurishni oʻrgandim.
Games People Play
Erik Berne
Odamlar ongli va ongsiz ravishda turli psixologik «ijtimoiy oʻyinlar» oʻynaydilar: inson oʻz nafsini qondirish uchun oʻzgalarga ishlatadigan psixologik hiylalar haqida.
Hokimiyatning 48 qoidasi
Robert Grin
Muallif inson psixologiyasi va boshqaruv uslublarini tarixiy misollar orqali tushuntiradi.
Biz nega uxlaymiz?
Mathew Walker
Uyquning muhimligini, uyqusizlikning zararlarini shu darajada tushuntirganki, jamiyatdagi barcha muammolar uyquga borib taqaladi deb oʻylaysiz.
Zukkolar va Landavurlar
Malcolm Gladwell
Muammolarimiz individual harakatlardan koʻra, tashqi omillarga — jamiyat, muhit va baxtli tasodiflarga bogʻliqligini keltiradi.
Behalovat Avlod
Kitob ijtimoiy tarmoqlarning yoshlarga taʼsiri haqida. Hammaga oʻqib chiqishni tavsiya beraman. Koʻzingiz ochiladi!
Oʻz ustida ishlash
Beparvolikning nozik sanʼati
Mark Menson
Kitobdan muammolarga tik qarash va uni normal qabul qilishni oʻrgandim.
Atom odatlar
Jeyms Klir
Biz odatlarimiz yigʻindisimiz. Yaxshi odatlar shakllantirish va yomonlaridan tark yetish boʻyicha ideal qoʻllanma.
Diqqat: Chalgʻituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari
Kel Nyuport
Teran aqliy mehnat qilish boʻyicha amaliy koʻrsatmalar berilgan. Barcha ustozlar oʻqishi shart deb oʻylayman.
Missiya Vypolnima
Margulan Seysembayev
Inson oʻz missiyasi va sevimli ishini topish boʻyicha ajoyib koʻrsatma berilgan. Eng foydali jihati vaqt va energiyani boshqarish boʻyicha tavsiyalar boʻldi.
Essentialism
Greg Mckeown
Koʻproq ishlarni qanday qilish haqida emas, eng toʻgʻri ishlarni qanday saralash va ularga diqqat qilish haqida.
Muvaffaqiyatli insonlarning 7 koʻnikmasi
Steven Kovi
Hayotni muvozanatga keltirish uchun jismoniy, ijtimoiy-maʼnaviy, ruhiy va aqliy sohalarda faol boʻlish kerak.
Savdogarlar ustozi yoxud haqiqiy omad kaliti
«Ustozsiz bir haftalik yoʻlni, yetti yilda bosib oʻtasan.»
Tarix va jamiyat
Muqaddima
Ibn Haldun
Tsivilizatsiya va davlatlarning kelib chiqishi haqida fundamental tahlil. Mohiyatan vaziyatni tushuntirib beradigan kitoblarni yoqtiraman.
Islam, Authoritarianism and Underdevelopment
Ahmet T. Kuru
Musulmon davlatlari rivojlanishda ortda qolishining sabablarini ilmiy tahlil qiladi. Kuru bu masalaga chuqur ilmiy yondashadi.
Olam va Odam. Din va Ilm
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Musulmonlar tanazzuli haqida yanada koʻproq maʼlumot olish uchun tanlandi. Tarixchilar albatta oʻqishi kerak deb oʻylayman.
Manipulyativ diktatorlar
Sergey Guriyev
Zamonaviy diktatorlar xalqni turli hiyla-nayrang bilan manipulyatsiya qilishga majbur. Kitob esa oʻsha hiylalarni ochib beradi.
Mamlakatlar Tanazzuli Sabablari
Jeyms Robinson
Muammolar siyosiy institutlarga bogʻliqligini aytadi.
Qurollar, mikroblar va poʻlat
Jared Diamond
Muammolar tarixiy va geografik sharoitlarga bogʻliq boʻlishini tushuntiriladi.
Faktfulness
Hans Rosling
Dunyoni oq qoraga ajratmasdan, chuqurroq va puxtaroq fikrlashni oʻrgatdi. Tarixchilar oʻqishi shart.
The 100: A Ranking of the Most Influential Persons in History
Maykl Hart
Tarixga eng katta taʼsir qilgan 100 nafar shaxs taʼsir kuchi boʻyicha reytingga kiritilgan.
Badiiy adabiyot
Alvido bolalik
Tohir Malik
Kitobdan bezori bolalar atay emas, balki jamiyat ularni shu koʻyga solishini tushunib yetdim.
Kichkina shahzoda
Bugun maza qilib qayta oʻqib chiqdim. Falsafiy qismini endi tushundim.
Chol va dengiz
Ernest Xeminguey
Baʼzan insonlar fikridagi magʻlubiyat, ilohiy gʻalaba boʻlishi mumkin.