1. Oʻqigan yoki eshitgan maʼlumotingizni oʻz tilingizda oʻzingizga soʻzlab bering.

2. Oʻqiganingizdan keyin maʼlum muddat oʻtkazib, nima oʻrganganingizni eslashga harakat qiling.

3. Agar masala yoki savol boʻlsa, qanday yechishni oʻrganishdan avval oʻzingiz yechishga harakat qilib koʻring.

(Qanday yechishni bilmasangiz ham)

4. Kimdirga oʻrgatishga harakat qiling.

Menga oʻxshab shunday post yozsangiz ham boʻladi.

5. Oʻrganish paytida qayerda qanday ishlatishingizni oʻylang (muhim!)

6. Amaliy mashqdan soʻng, qanday bajarganingizni oʻylang (xohlamasangiz ham, aslida sodir boʻladigan jarayon lekin)

va nimani yaxshiroq qilishingiz mumkinligini oʻrganing.

7. Oʻzingizni har xil yoʻlda test qilib turing.

Yuqoridagi maslahatlarning hammasi deyarli bitta shu «test» degan soyabon soʻz ostida birlashadi.

8. Yetarlicha uxlang.

Uyquning REM va SWS davrlarida oʻrganish jarayonida sodir boʻlgan sinaptik bogʻlanishlar mustahkamlanadi.

Bu jarayon unutishning oldini oladi. Chunki unutish neyronlar orasida sinaptik bogʻlanishlar yoʻqolib qolganda sodir boʻladi.

9. Diyetangizga ham eʼtibor qarating. (Keyin batafsil)

10. Taʼbga koʻra, ozgina qiziqish va motivatsiya boʻlsa yaxshi ;)

(Miyamizning emotsiyalar uchun javob beruvchi amygdala qismi dastlab oʻrganilgan maʼlumotlar saqlanuvchi hippokampus bilan maʼlumotlarning uzoq xotiraga oʻtishi jarayonida oʻzaro ishtirok etadi.

Shuning uchun, oʻrganishda ozgina emotsiya boʻlishi muhim. Yaxshi esda qoladi)

⚠️

- Qayta-qayta oʻqish

- Material bilan yaqindan tanishlik

- Koʻp «zametka» olish

- "Highlight" lar qilish

- Bitta oʻtirishda 300-400 bet oʻqish

- Massive practise

oʻrganish illyuzasini beradi xolos, ammo chindan qoladigan bilim bermaydi.

Chunki miya bir narsani chindan oʻrganib, uzoq muddatli xotira (LTM)ga oʻtkazishi uchun bir necha soatdan bir necha haftagacha vaqt ketadi.

Bu paytda miya oʻrganilgan bilimni qayta ishlaydi. Boʻsh joylarini toʻldiradi. Oʻzida mavjud aqliy modelga birlashtiradi.

Maʼlumotlar chuqur tahlil qilinmas ekan, tushunish ham sayoz boʻladi. Xullas, oʻrganilgan maʼlumot chindan sizniki boʻlmaydi.

P.S. Eslashda qiynalishingiz tabiiy jarayon va aniqrogʻi ijobiy signal. Sababi maʼlumotlarni eslab aytib berish qanchalik qiyin boʻlsa, ularning esda qolishi ham yuqori boʻladi. Bu degani biroz unutish zarar qilmaydi.

P.S.S. Oxirigacha oʻqigan boʻlsangiz, qoyil. Bunga hammaning ham bardoshi yetmaydi bugun.

Post muallifi: Soliyef