Alloh odamni loydan yaratib, unga oʻz ruhidan pufladi.
Iblis inson loydan yaralganini pesh qildi, ammo unda ruh borligini eʼtirof etmadi.
Kamchilikni koʻrdi, fazilatni koʻrolmadi.
Shayton vasvasasiga uchragan — biz ham shundaymiz.
Oʻquvchilarimizdagi kamchiliklarni koʻramiz-u, fazilatlarini unutamiz..
Professor Jakobson oʻtkazgan tadqiqotga koʻra:
Yangi kelgan ustozga — qobiliyatli va eng aʼlochi bolalar deb, aslida eng ikkichi sinf beriladi.
Yil oxirida esa, oʻquvchilar haqiqatdan eng namunali sinfga aylanadi.
Sababi
Ustoz bolalarga ishonadi.
➡️ Darsga yaxshilab tayyorlanadi
➡️ Oʻquvchilarga yaxshi muomala qiladi.
➡️ Ijobiy eʼtiborni koʻrgan oʻquvchilar — yaxshi tomonga oʻzgaradi.
➡️ Eʼtibordan qolishdan qoʻrqib — ustozini hurmat qiladi.
➡️ Ijobiy oʻzgarishni koʻrgan ustozlar — bolalarga yanada koʻproq ishonadi.
Natijada, oʻquvchilar eng muvaffaqiyatli bolalarga aylanishadi.
Qissadan hissa:
«Bandit» oʻquvchilarimizda ham yaxshi hislat bordir balki?..