Darsni samarali boshlash va oʻquvchilarni mavzugʻa jalb qilish usullaridan biri – «Whatʼs in the bag?» metodidir.
Bu metod oʻquvchilarni faol ishtirok etishga undaydi, savol berish koʻnikmalarini rivojlantiradi va darsni qiziqarli tarzda ochishga yordam beradi.
Qanday oʻtkaziladi?
Oʻqituvchi dars mavzusi bilan bogʻliq biror buyumni sumka yoki qutiga yashiradi.
Doskaga yozadi: «Sizda 20 ta savol imkoniyati bor.»
Oʻquvchilar faqat «Ha/Yoʻq» javoblari boʻladigan savollar berishlari mumkin.
Savollar takrorlanmasligi nazorat qilinadi.
Oʻquvchilar topa olmasa – qoʻshimcha vazifa, topa olsa – ragʻbat beriladi.
Har bir fan uchun misollar:
Tarix darsi
— Sumkaga qadimiy tangalarning nusxasi, kichik xarita yoki tarixiy buyum maketi yashiriladi.
— Savollar: «Bu metallmi?», «Bu qadimgi davrga tegishlimi?».
— Mavzuga oʻtish: «Qadimgi Rim iqtisodi».
Biologiya darsi
— Sumkaga skeletning kichik modeli, yurak maketi yoki oʻsimlik namunasi qoʻyiladi.
— Savollar: «Bu tirik organizmmi?», «Inson tanasiga tegishlimi?».
— Mavzuga oʻtish: «Inson qon aylanish tizimi» yoki «Fotosintez jarayoni».
Ingliz tili darsi
— Sumkaga ingliz madaniyatiga oid buyum: inglizcha kitob, London ramzi maketi, choy qutisi joylanadi.
— Savollar: «Bu Angliyaga tegishlimi?», «Bu ichiladimi?».
— Mavzuga oʻtish: «British culture» yoki «Food and Drinks».
Natija
«Sumkada nima bor?» metodi oʻquvchilarda diqqatni jamlash, mantiqiy savol berish, mavzugʻa qiziqish uygʻotish va sinfda faol muloqot qilish koʻnikmalarini shakllantiradi.
Foydalandim: «Noisy Class» — Rob Plevin